Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Devid Boui o‘limidan so‘ng Vevo`da Adelning rekordini yangiladi
Britaniyalik marhum qo‘shiqchi Devid Bouining qo‘shiqlariga qiziqish keskin oshgach, Vevo videokanalida 11 yanvar kuni uning musiqiy videosi 51 mln martadan ortiq ko‘rilgan. Bu esa 1 kunlik ko‘rsatkichlar bo‘yicha Vevo videokanalining yangi rekordi hisoblanadi.
Bundan oldingi rekord Adelga tegishli hisoblanar edi. Uning Hello nomli qo‘shig‘i videosi qo‘shiq premera qilingan kunda 36 mln marta ko‘rilgandi.
Vevo internet-resursi ko‘rsatkichlariga ko‘ra, 11 yanvar kuni Boui musiqasiga qiziqish 1 hafta oldingidan 5198 foizga oshib ketdi. Ayni vaqtda videokanalda marhum qo‘shiqchining 60dan ortiq musiqiy videolari mavjud.
Devid Bouining o‘limidan keyin uning qo‘shiqlarini 4000 foiz ko‘proq odam tinglamoqda